10 funtga sotib olingan uzuk 65700 barobar qimmatroqqa sotildi
Londondagi auksionda 10 funtga sotib olingan brilliant ko‘zli uzuk 657 ming funtga (847 ming dollar) sotildi.
Savdolargacha narx belgilovchilar zargarlik buyumi 350 ming funtga (452 ming dollar) sotiladi, deb taxmin qilgandilar. Lekin Sotheby's auksionidagi savdo vaqtida uzukning narxi taxmin qilingandan ikki barobarga oshib ketdi.
Uzukning egasi uni Londonning Xaunslou tumanidagi G‘arbiy Midlseks kasalxonasi yonidan tovarlarni arzon narxda sotish vaqtida xarid qligan. U ko‘p yillar davomida uzukni oddiy bijuteriya deb hisoblab, uni 26 qirotli brilliant bilan bezalganidan bexabar holda taqib yurgan.
Sotheby’ auksion uyi uzukda 26,27 qirotli brilliant borligini bilib uni sotib berishga qaror qilgan. Uzukdagi toshning haqiqiyligini Amerika Gemmotologiya instituti tasdiqlab, bunga shubha qoldirmadi.
Auktsion tashkilotchilari uni 350 ming funtga sotishni mo‘ljallagan edilar. Lekin uzukning yakuniy narxi ularni va endilikda uning sobiq egasini xursand qilib yubordi.
Uzukning sobiq egasi undagi tosh hech qanday qiymatga ega emas va u XIX asrda shishadan kesib olingan, deb o‘ylagan. Biroq "Tenner" nomli bu uzukning tarixi noma'lumligicha qoldi. Balki uzuk tarixini uning yangi egasi bilishga muvaffaq bo‘lar.
Mavzuga oid
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024