Jahon | 22:12 / 12.06.2017
5349
2 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Qatar qamalini bo‘shashtirishga chaqirdi

Foto: EPA/ANDY RAIN

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Qatarga qo‘shni davlatlarni bu mamlakatga nisbatan joriy qilingan diplomatik va iqtisodiy qamalni bo‘shashtirishga chaqirdi. TASS shu haqida xabar berdi. 

Jonson Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abd-ur-Rahmon At-Taniy bilan uchrashganidan so‘ng shunday bayonot bilan chiqqan. 

"Men Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn muhim hamkorga nisbatan qo‘llayotgan qator qat'iy choralaridan xavotirdaman va ularni Qatar qamalini bo‘shashtirishga chaqiraman. Men barcha mamlakatlarni bu vaziyatni deeskalatsiya qilish va vositachilik yo‘li bilan tezkor yechim topishga chaqiraman", - dedi Jonson. 

Shu bilan birga qirollik tashqi ishlar vaziri Dohada qo‘shni mamlakatlarning xavotirini inobatga olishga diqqatni qaratdi. 

"Vaziyatning yechimini topish zaruratidan kelib chiqib, Qatarni qo‘shnilarning xavotiriga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqiraman", - dedi Jonson. 

5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviya vaqtinchalik hukumati, Maldiv va Mavrikiy Respublikalari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish haqida e'lon qilishdi. Bunday qaror amirlikning terrorizm va ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlandi. Doha ayblovlarni inkor etib kelmoqda. 

Mavzuga oid