Jahon | 12:15 / 12.06.2017
5424
2 daqiqa o‘qiladi

Kosovodagi saylovlarda sobiq dala qo‘mondoni boshchiligidagi koalitsiya g‘alaba qozondi

11 iyun kuni tan olinmagan Kosovo respublikasi parlamenti uchun saylovlar o‘tkazildi.

Bi-Bi-Si xabariga ko‘ra, saylovlarda mamlakat prezidenti Hoshim Tachiga yaqin «Kosovo demokratik partiyasi» va bosh vazirlikka nomzod Ramush Xaradinayning «Kosovo kelajagi alyansi» koalitsiyasi ustun keldi.

Xabar qilinishicha, ovozlarning 70 foizdan ortiq qismi hisoblab chiqilganda, ikki partiya koalitsiyasi ovozlarning uchdan ikki qismini to‘plagan, muxolifatdagi «Samoopredeleniye» partiyasi esa 25 foiz ovozga ega bo‘lgan, «Kosovo demokratik ittifoqi» partiyasi boshchiligidagi koalitsiya esa 25,8 foiz ovoz olgan.

Parlamentdagi 120 mandat uchun jami 26ta siyosiy blok kurash olib bormoqda, konstitutsiyaga ko‘ra, 20ta o‘rin millik kamchilik vakillariga (serblar, turklar, ashkallar, tsiganlar) beriladi.

Qayd etish kerakki, Xaradinay koalitsiyadagi ko‘plab siyosatchilar kabi Skrbiya bilan qurolli nizo faxriysi hisoblanadi va rasmiy Belgrad tomonidan harbiy jinoyatchi sifatida qaraladi.

10 may kuni Kosovo parlamenti hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ushbu tashabbus bilan «Kosovo uchun tashabbus» muxolif harakati chiqqan edi. Muxolifatning fikricha, hukumat mamlakatdagi muammolarni hal qila olmadi, bu esa siyosiy inqirozga olib keldi.

Shundan so‘ng, prezident Hoshim Tachi parlamentni tarqatib yubordi.

Mavzuga oid