Iqtisodiyot | 20:28 / 12.06.2017
20802
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston milliy banki oltin yombilarni sotuvga chiqardi  

 Tojikiston milliy banki London qimmatbaho metallar uyushmasi sertifikatiga ega korxonada tayyorlangan oltin o‘lchov yombilarini sotuvga chiqardi.

Bank matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 12 iyunda 5, 10, 20, 50 va 100 grammli yombilar sotuvga chiqarildi. Oltin yombilar narxi bir untsiya (31,1034768 gramm) oltinning Londonda ertalab qayd qilingan banklararo narxi bo‘yicha belgilanadi.  

Bundan tashqari, narxni belgilashda oltin o‘lchov yombilarini tayyorlash uchun ketgan xarajatlar, transport va sug‘urta xarajatlari va bojxona to‘lovlari ham hisobga olinadi. 

Bu yombilar Tojikiston milliy bankining Dushanbedagi moliya va g‘aznachilik departamenti tomondan jismoniy va yuridik shaxslarga sotiladi.

Yombilarni sotib olmoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar yonlarida yuridik shaxs ekanliklarini, jismoniy shaxslar esa shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishlari kerak.

Yombilar Tojikiston milliy valyutasi – somoniyga sotiladi. 

Mavzuga oid