Amir Temur xiyoboni ko‘rinishi 135 yil davomida qanday o‘zgardi (foto)
135 yildirki ushbu xiyobon Chorsu qadimiy bozoridan Toshkentning geografik markazi va timsoli maqomini olib qo‘ydi. Yangi ruscha shaharning markaziy maydoni sifatida o‘ylangan xiyobon o‘z ichida shaharning voqea-hodisalarga to‘la bo‘lgan eng yangi tarixini qamrab oldi, deb yozmoqda Kommersant.uz.
Tasavvur qiling – xiyobon o‘zining uncha uzoq o‘tmishga ega bo‘lmagan tarixi davomida oltita nomni o‘zgartirdi, ikki bora piyodalar o‘tish yo‘lagiga aylandi, uning markazida esa o‘nlab turli haykallar bir birini o‘zgartirdi.
Xiyobon 1882 yilda Konstantin maydonida, Moskva va Kaufman shoh ko‘chalari kesishmasida M. G. Chernyayev tashabbusi va arxitektor N. F. Ulyanov loyihasi bo‘yicha qurildi hamda Konstantin nomini oldi. Avvaliga u qatnov hududining bir qismi bo‘lgan. Xiyobonni erkaklar va ayollar gimnaziyasi, davlat banki va o‘quvchilik seminariyasi o‘rab turgan.
Bu yerda 1882 yilda o‘z o‘limidan so‘ng birinchi Turkiston general-gubernatori Konstantin Petrovich fon Kaufman dafn etilgan.
1901 yilda Toshkentda “Turkiston ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tdi, uning uchun sharqona uslubda bir necha pavilonlar qurildi. Ulardan biri, arxitektor A. L. Benua muallifligidagisi sovetlar davrida gul do‘koniga aylantirildi va xiyobon markazida 1990-yillarga qadar turdi.
1913 yilda xiyobon markazida «Konstantin Petrovich fon Kaufman va O‘rta Osiyoni zabt etgan qo‘shinlarga» bag‘ishlangan haykal ochildi, shundan so‘ng xiyobon Kaufman nomi bilan atala boshlandi.
1917 yilgi inqilobdan so‘ng rus imperiyachilariga qo‘yilgan haykal yo‘q qilindi, biroq haykal kompozitsiyasi turgan granitli asos saqlanib qolindi. Asosga bayroq qadashdi, atrofida esa oktabr hodisalari vaqtida qo‘lga kiritilgan zambaraklar o‘rnatildi. Bu o‘ziga xos yer inqilob uchun kurashchilar Xotirasi, deb ataldi, xiyobonning o‘zi esa 1918 yilda Mariya Spiridonova nomini oldi, keyinchalik u Inqilob xiyoboniga almashtirildi. Mariya Spiridonova asli Tambov shahrilik inqilobchi, eserlar partiyasining yetakchisi bo‘lgan. Taqdir o‘yinini qarangki, u aynan Toshkentga 1920-yillar oxirida surgunga yuborilgan.
Inqilob kurashchilari haykali uzoq vaqt turmagan. 1918 yilning 7 noyabr kuni bayram marosimi Inqilob xiyoboni bo‘ylab juda katta o‘roq va bolg‘a yonida o‘tkazilgan. Bu kompozitsiya «Ozod etilgan mehnat» deb atalgan. Avvalgi haykaldan asos va kishilardan ajratib turuvchi zanjirlar qolgan. Asosga tribuna qurilgan, u yerdan mahalliy rahbarlar mitinglarda chiqish qilishgan. Tashqi to‘siqni buzib tashlashdi va xiyobon bo‘ylab yana yo‘l qurishdi.
1927 yilda, inqilobning o‘n yilligiga atab bu yerda gumbaz va ikki tildagi yozuvga ega bo‘lgan kolonna paydo bo‘ldi: «Oktyabr – jahon inqilobi mash'ali. 1917 — 1927». O‘zbek tilidagi yozuv arabcha so‘zlar bilan yozilgan, shuning 1929 yilda, o‘zbek tili avvaliga lotinga, keyin esa kirillchaga o‘zgartirilganidan so‘ng, arab tilidagi kolonna olib tashlangan.
1930 yilning bahorida kolonna o‘rnida atigi yarim yil davomida Lenin haykali va «Besh yillikka 4 yilda!» shiori bo‘lgan tashviqot kompleksi joy oldi.
XX asrning 30-yillari boshida xiyobon markazida sobiq haykalning bo‘sh granitli asosi turgan.
1935 yilda xiyobon markazidagi asosni olib tashlash va xiyobonni yana ikki ko‘cha kesishmasidagi qatnov qismiga aylantirish qaror qilindi, ko‘chalar o‘sha paytda Engels (Moskva shoh ko‘chasi) va Karl Marks (Kaufman shoh ko‘chasi) nomi bilan atalgan.
40-yillar oxirida Inqilob xiyobonidagi granitli asosda yana haykal paydo bo‘ldi, bu safar – Stalinga. Xiyobon yana uncha baland bo‘lmagan panjara bilan o‘raldi, yo‘l esa aylana shakli bo‘ylab tushdi. Xiyobon va uni o‘rab turgan binolar rekonstruksiya qilindi, tartibga keltirildi.
1961 yilda, Stalin shaxsiga sig‘inish bilan kurash avjiga chiqqan paytda haykal olib tashlandi, asos esa sobiq Ittifoq kommunistik partiyasining yangi dasturidagi so‘zlar bilan ikki tilda yozildi. Shuning uchun monumentni norasmiy ravishda «rus-o‘zbekcha lug‘at» deb atay boshlashdi.
1968 yilning 5 may kuni Inqilob xiyobonida Karl Marks boshining katta hajmdagi shakli o‘rnatildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Inqilob xiyoboni nomi Markaziyga o‘zgartirildi. 1993 yilda Karl Marks haykali, «Do‘stlik» kafesi, bir necha muzqaymoq kafelar va «Mavritaniya paviloni» nomi bilan mashhur bo‘lgan gul do‘koni olib tashlandi.
1994 yilning 31 avgust kuni xiyobon Amir Temur nomiga o‘zgartirildi, uning markazida esa haykaltarosh Ilhom Jabborovning yangi haykali ochildi – Amir Temurning otdagi bronza haykali.
2009 yilning noyabrida juda katta, uzoq yillik chinor daraxtlaridan iborat bo‘lgan bog‘ deyarli butunlay kesib tashlandi. Aynan shu bog‘ yuz yildan ortiq vaqt davomida xiyobonda hattoki eng jazirama issiq ob-havoda ham salqinlikni keltirib chiqarardi va xiyobonning eng asosiy o‘ziga xos jihatlaridan biri edi. “Skverdagi” chinorlarni kesib tashlash shahar ma'muriyatining so‘nggi yillardagi eng shov-shuvli va muhokamalarga sabab bo‘lgan qaroriga aylandi. Hozirga qadar ko‘pchilik toshkentliklar shahar markazining yangi qiyofasini qabul qila olmayapti hamda uning tarixini xiyobonni “yo‘q qilgungacha” va “undan keyingi” davrga bo‘lishmoqda.
Nomlanishi:
1882 — Konstantin xiyoboni
1913 — Kaufman xiyoboni
1918 — Mariya Spiridonova nomidagi xiyobon
1918 — Inqilob xiyoboni
1991 — Markaziy xiyobon
1994 — Amir Temur xiyoboni
Haykallar:
1889 — Kaufman qabri
1913 — O‘rta Osiyoni zabt etgan qo‘shinlar haykali
1918 — inqilob kurashchilari haykali, bayroq va zambaraklar
1918 — «Ozod etilgan mehnat» monumenti, o‘roq va bolg‘a
1927 — «Oktyabr – jahon inqilobi mash'ali. 1917 — 1927» gumbazli kolonna
1930 — Lenin va «Besh yillikka 4 yilda!» haykali
1930 — sobiq haykalning granitli asosi
1935 — yo‘lning qatnov qismi
1948 — Stalin haykali
1961 — kommunizm Dasturi sharafig‘a bag‘ishlangan yodgorlik, «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at»
1968 — Karl Marks haykali
1994 — Amir Temur haykali
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024