Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Rossiya Qirg‘izistonda maktab qurib beradi
Qirg‘iziston ilm-fan va ta'lim vaziri Gulmira Xudoyberdiyeva jurnalistlarga mamlakatga maktablar qurishda kim yordam berish niyatida ekanini aytib o‘tdi.
«Vazirlik hukumat ko‘rib chiqishiga Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan qurish uchun 16 ta ta'lim obektini kiritdi. Ayni damda Jo‘qorg‘i Kenesda kelishuvni ratifikatsiya qilish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda», - dedi u.
«Bundan tashqari, O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida O‘shda maktab qurish rejalashtirilgan. Hukumatda ayni damda ikki davlat o‘rtasida kelishuvni imzolash bo‘yicha jarayonlar davom etmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Gulmira Xudoyberdiyeva.
«Rossiya bilan hamkorlik doirasida Bishkekda maktab qurish rejada bor. Hokimiyat hozirda qurilish joyi uchun yer ajratmoqda. Yaqin orada poytaxtda Xitoy granti hisobidan ham maktab ochish mo‘ljallangan. Uni yangi o‘quv yil boshida foydalanishga topshirishadi», - deya xulosa qildi Gulmira Xudoyberdiyeva.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025