Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ronaldu haqidagi salbiy xabarlarda uning klub libosida tushgan suratini qo‘ymaslikni so‘radi
«Real» OAVga o‘z jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliq to‘lamagani bilan bog‘liq mojaro haqidagi xabarlarda futbolchining klub libosida tushgan suratini qo‘ymaslikni so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda El Confidencial xabar tarqatdi.
Seshanba kuni Ispaniya prokuraturasi portugaliyalik futbolchini jami 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bosh tortgani uchun uni sudga bergan edi.
Prokuratura Ronaldu 2011 yilda soliq organlarini 1,4 million yevroga aldagani, 2012 yilda 1,7 mln yevro, 2013 yilda 3,2 mln yevro va 2014 yilda 8,5 mln yevro miqdoridagi soliqni yashirganini ta'kidlamoqda.
Prokuratura ma'lumotiga ko‘ra Ronaldu 2010 yilda tuzgan biznes-tuzilmasidan o‘z daromadlarini yashirishda foydalanib kelmoqda.
Qayd etish kerakki, Madriddagi Marca va As gazetalari muqovasiga Ronalduning Portugaliya termasi libosida tushgan fotosuratini qo‘ygan.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025