Jamiyat | 20:31 / 16.06.2017
6118
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada birinchi bo‘lib yurak o‘tkazish operatsiyasini amalga oshirgan jarroh vafot etdi

Foto: AFP 2017 / PIERRE-FRANCK COLOMBIER

Yevropada birinchi bo‘lib yurak o‘tkazish operatsiyasini amalga oshirgan jarroh-kardiolog  Kristian Kabrol Parijda 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda shifokor yaqinlariga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Kabrol 1968 yilda yurak o‘tkazish bo‘yicha olamshumul operatsiyani bajargan Parijdagi Salpetriyer shifoxonasida 16 iyunda ertalab vafot etdi.

Kristian Kabrol 1925 yilda tug‘ilgan. Fransiyalik siyosiy arbob bo‘lib, 1968 yilda Yevropada birinchi bo‘lib inson yuragini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini o‘tkazgan. Kabrol ushbu operatsiyani janubiy afrikalik jarroh Kristian Netling Barnard dunyoda birinchi bo‘lib shunday operatsiyani o‘tkazgandan bor-yo‘g‘i bir necha oydan keyin o‘tkazgan.

Mavzuga oid