Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahri markazida yirik sport majmuasi quriladi
Samarqand shahar markazida yirik sport majmuasi barpo etiladi. Bu haqda shahar hokimi V.Rahimov 16 iyun kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga gapirib bergan.

Samarqand shahar hokimi V.Rahimovning aytishicha, tasdiqlangan loyihaga ko‘ra yangi sport majmuasi shaharning Bo‘stonsaroy ko‘chasida joylashgan «Spartak» stadioni o‘rnida barpo etiladi. Buning uchun Birlik va Chelak ko‘chasi oralig‘idagi ayrim uylar, jumladan, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi binosi buziladi.
Umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadigan sport majmuasida turli sport turlaridan, jumladan, yengil atletika, voleybol, basketbol, futbol kabi respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini bemalol o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025