Ukraina Qozog‘istonga "Antonov" samolyotlarini yetkazib bermoqchi
Ukraina mintaqaviy rivojlanish, qurilish va uy-joy kommunal xizmatlari vaziri Gennadiy Zubko Qozog‘istonni An-148 va An-158 samolyotlari bilan ta'minlash rejasi ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Ukraina vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Ukrspetseksport" davlat kompaniyasi va "Qozog‘iston aviatsiya sanoati" MChJ bilan Ostonadagi aviatsion-texnik markaz negizida "Antonov" oilasiga kiruvchi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha servis markazi yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi", deb ma'lum qildi Zubko.
Ukraina Qozog‘istonga samolyotlardan tashqari yangi vertolyot dvigateli TV3-117VMA-SBM1V, D-36 oilasiga kiruvchi dvigatellar va TV3-117 dvigatellarini kapital ta'mirlash imkoniyatini taklif qildi.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
21:23 / 13.11.2024