Jamiyat | 09:40 / 17.06.2017
7938
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Marsni zabt etish bo‘yicha rejasini ma'lum qildi

SpaceX rahbari Marsni zabt etish bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirgan va insoniyat kelajakda Qizil sayyorada koloniyalar qurish uchun qo‘yishi kerak bo‘lgan qadamlar namoyish qilingan maqolani chop etdi.

Uning fikricha, odamlar ertami-kechmi baribir boshqa sayyoraga ko‘chib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi, chunki Yerda insoniyatga muqarrar yo‘q bo‘lib ketish xavf solmoqda. Shu sababli koinotga chiqish va Marsdagi hayotga oldindan tayyorlanib borish zarur.

Mask o‘z maqolasida SpaceX 2 yildan keyin Marsga Dragon 2 kemasini yubormoqchi ekanligini ma'lum qilgan. 2020 yilgacha Marsga yana bitta missiya boshlanadi, yana bir necha yildan keyin esa Qizil sayyoraga ilk boshqariluvchi parvoz yo‘lga qo‘yiladi.

Maskning tushuntirishicha, Mars va Yer o‘rtasida ko‘plab umumiy jihatlar bor. Mars qachonlardir sayyoramizga juda o‘xshash bo‘lgan, biroq Marsga ko‘chishdan oldin ko‘plab masalalarni hal qilib olish lozim. Hozirdanoq, misol uchun, koinot parvozlari narxini 200 ming dollargacha tushirish haqida o‘ylab ko‘rish lozim, bu esa ushbu parvozlarni odamlar uchun hamyonboproq qiladi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya koinot parvozlari uchun ko‘p martalik transport yaratish imkoniyatini o‘rgangan holda bu yo‘nalishda ishlar olib bormoqda.

Transport bilan bog‘liq muammodan tashqari, insonning koinotda uzoq vaqt bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish talab etiladi. Misol uchun, hozircha koinot nurlanishining insonga salbiy ta'sirini qanday qilib kamaytirish mumkinligi masalasi mavhum bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid