Boshqirdistonda o‘zbekistonlik shaxs o‘z hamyurtining qotiliga aylandi
16 iyun kuni Boshqirdistonning Sterlitamak shahri politsiyasiga shahardagi xonadonlardan birida erkak kishining jasadi topilgani haqida ma'lumot kelib tushgan. Bu haqda rus OAV xabar berdi.
Respublika tergov qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
Tergovga ko‘ra, 16 iyunga o‘tar kechasi 46 yoshli shaxs o‘zining 43 yoshli hamyurti bilan janjallashib qolgan. Mojaroga ish yetishmovchiligi sabab bo‘lgan, janjal davomida erkak o‘z hamyurtining boshiga qo‘llari va oyoqlari bilan zarba bergan. Natijada 43 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan.
Ayni damda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
23:26 / 06.11.2024