Sport | 21:56 / 19.06.2017
7965
2 daqiqa o‘qiladi

Konfederatsiyalar kubogi. Germaniya g‘alaba bilan boshladi

Konfederatsiyalar kubogi-2017 turniri guruh bosqichida Osiyo chempioni Avstraliya amaldagi jahon chempioni Germaniyaga qarshi o‘ynadi.

V guruhi vakilari uchrashuvi Germaniyaning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Dastlab Shtindl tezkor gol muallifi bo‘ldi, 41-daqiqada Rogich kutilmaganda hisobni tenglashtirdi, ammo 3 daqiqa o‘tib, penaltini aniq amalga oshirgan Yulian Draksler nemislarni tanaffusga g‘olib holda olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda tomonlar bittadan gol urishdi, Germaniyaning goliga Gorettska (48), avstraliyaliklar goliga esa Yurich (56) mualliflik qildi.

Guruhdagi birinchi uchrashuv Chili va Kamerun o‘rtasida kechgan, unda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishgandi.

Konfederatsiyalar kubogi
1-tur
V guruhi

Avstraliya – Germaniya 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 5 Shtindl, 1:1 – 41 Rogich, 1:2 – 44, penalti Draksler, 1:3 – 48 Gorettska, 2:3 – 56 Yurich.
Avstraliya – Rayan, Bexich, Rayt, Seynsberi, Milligan, Luongo (Kruz, 46), Degenek, Muy, Rogich (Troysi, 71), Lekki, Yurich.
Germaniya – Leno, Ryudiger, Xektor, Mustafi, Draksler, Kimmix, Rudi, Gorettska, Brandt (Zyule, 63), Vagner (Verner, 57), Shtindl (Jan, 78).
Ogohlantirishlar: Gorettska (55), Seynsberi (64).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid