Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu agentidan «MYu»ga transferi bo‘yicha shug‘ullanishni so‘radi
«Manchester Yunayted» «Real»dan Krishtianu Ronalduni sotib olishi haqiqatga yaqin.
Mashhur italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio Sky Sport Italia nashri orqali xabar berishicha, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘z agenti Jorjye Mendeshdan «MYu»ga o‘tishi uchun bor choralarni ko‘rishni so‘ragan.
«PSJ» Ronaldu uchun istalgan mablag‘ni berishga tayyor bo‘lib turibdi, ammo bu vaziyatda futbolchining istagi birinchi o‘rinda turadi.
Sky Sports nashri manbasi ham Ronaldu Angliyaga qaytishni istayotgani haqida xabar bergan. Ammo «Manchester Yunayted»dagilar bu vaziyatda xotirjamlik saqlashga harakat qilishmoqda, klubdagilar Serxio Ramos voqeasi takrorlanishidan xavotirda.
Ronaldu «Manchester Yunayted» safida 2003 yildan 2009 yilgacha to‘p surgan, klub bilan 9 sovrin qo‘lga kiritgan, jumladan Chempionlar ligasi g‘olibligi va 3 marta Angliya chempionligi. Bundan tashqari u ilk «Oltin to‘p»ni shu jamoada olgandi.
«Real» hujumchisi Ispaniya prokuraturasi uni 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblagach, jamoadan ketishga qaror qildi. Ronalduning fikricha, Madrid klubi uni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamadi va himoya qilmadi.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025