Jahon | 23:33 / 20.06.2017
5903
2 daqiqa o‘qiladi

Bahraynda isroillik aktyorlar ishtirokidagi filmlar taqiqlandi

Foto: RIA Novosti

Bahrayn parlamenti qonunga qirollikda Isroil mablag‘i ishtirokida suratga olingan filmlarni namoyish qilish va bosma nashrlarni tarqatishni taqiqlovchi tuzatishni qabul qildi. Bu taqiqlov isroillik aktyorlar suratga tushgan filmlarga ham taalluqli bo‘ladi, deb xabar bermoqda "Al-Ayom" nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, deputatlar bunday qarorni Falastin hududlarini bosib olgan Isroil bilan aloqa qilmaydigan ko‘pchilik arab davlatlari kabi " Bahraynning Isroilga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmaganini tasdiqlash" maqsadida qabul qilishgan.  

Bahrayn Isroil delegatsiyasi may oyida Manamada bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida ishtirok etgani uchun arab dunyosining Isroil bilan munosabatlari normallashishiga qarshi chiquvchi arab tashkilotlari tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Qirollikda Fors ko‘rfazi davlatlari orasida eng katta yahudiylar jamoasi yashaydi. Bahrayn poytaxti Manamada esa sinagogada tashkil etilgan yahudiylar muzeyi bor. Bahraynlik yahudiylar qirollik hukumatida, parlamentida va yirik kompaniyalarida yuqori lavozimlarni egallaydilar. Ular boshqa davlatlardagi, jumladan Isroildagi yahudiy jamoalari bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlab turadilar. 

Mavzuga oid