Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi gaz quyish shoxobchasida portlash, ikki kishi tiriklayin yonib ketdi
Issiq-Ko‘l qirg‘og‘idagi yonilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida ikki kishi, jumladan, yosh bola tiriklayin yonib ketdi. Hodisa tufayli yana sakkiz inson kuyish jarohatlarini olgan. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati seshanba kuni xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatning Issiq-Ko‘l viloyati Ananevo qishlog‘idagi portlash kecha kechqurun, gazni boshqa joyga olib o‘tish vaqtida ro‘y bergan. Hammasi bo‘lib 10 kishi jabrlandi, ularning ikki nafari halok bo‘ldi.
"Ayni damda tuman kasalxonasi jonlantirish bo‘limida besh kishi qolmoqda, ularning ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Barchasida kuyish jarohatlari bor", - deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida yosh bola ham bor.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
11:02 / 23.05.2025