Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«So‘g‘diyona» murabbiyi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin: Mana shunday o‘yinlar chempionat saviyasini oshiradi
Oliy liganing 14-turi doirasida kechgan «Qo‘qon-1912» – «So‘g‘diyona» uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Davron Fayziyev ishtirok etdi.
«Avvalo, futbolchilar, jurnalistlar va muxlislarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin ishqibozlarda yaxshi taassurot qoldirdi, deb o‘ylayman. O‘yin haqiqiy jangovar ruhda o‘tdi. Ehtiroslarga boy o‘yin bo‘ldi. Bugungi uchrashuvga biz ham jiddiy tayyorlangandik. So‘nggi yillarda «So‘g‘diyona» qo‘qonliklar jamoasi uchun noqulay raqib sanalib kelayotgandi. Bugun qo‘qonliklar noxush an'anaga chek qo‘yishdi. Mana shunday uchrashuvlarning ko‘payishi chempionatimiz saviyasini oshishiga xizmat qiladi», deya Davron Fayziyevning so‘zlarini keltirgan «Qo‘qon-1912» jamoasi matbuot xizmati.
Qo‘qonda kechgan, birinchi bo‘limda 3:0 hisobi, yakunda 3:2 hisobi qayd etilgan uchrashuvda darvozalarga jami 3ta penalti belgilangan (ikkitasi mezbonlar darvozasiga, biri jizzaxliklar darvozasiga), «So‘g‘diyona»ning ikki futbolchisi maydondan chetlatilgan.
Mavzuga oid
11:57 / 07.01.2024
O‘zbekistonlik 3 nafar hakam futboldan umrbod chetlatildi. Ular «Qo‘qon-1912»ga sotilgan
15:05 / 12.08.2023
Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?
14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
17:06 / 31.07.2023