Fan-texnika | 15:28 / 22.06.2017
8281
2 daqiqa o‘qiladi

App Store'dan yuz minglab ilovalar o‘chirib tashlandi

Foto: Apple Insider

Apple do‘konidan tashlab qo‘yilgan, eskirgan, qonunchilikni buzuvchi yoki foydalanuvchilar uchun xavfli bo‘lgan ilovalar faol ravishda o‘chirib tashlanmoqda.

Birinchi navbatda ilovalar va o‘yinlarning klonlari o‘chirilmoqda, deb xabar berdi Techcrunch. Masalan, Flappy Bird’ga o‘xshash barcha nusxalar o‘chirilgan yoki endi o‘chiriladi. Shuningdek, spamli, haddan tashqari ko‘p reklamaga ega va 64-bitli yo‘riqnomalarga ega bo‘lmagan ilovalar ham o‘chirib tashlanishi mumkin. Yillar davomida yuklab olinmagan dasturlar ham yo‘q qilinadi.

Shunisi aniqki, do‘kondagi mahsulotlar orasida eng sifatlilarini tanlab olish bo‘yicha ishlar ketmoqda. Apple kompaniyasi o‘tgan yili App Store’da sifatsiz ilovalar ko‘p ekanidan tashvishda ekanini bildirgandi. Buning ustiga, ular oddiy standartlar bo‘yicha ham eskirgan. 

O‘shanda 50 mingdan ortiq ilova o‘chirilgandi, biroq, endi bunday “kurash” ancha keng ko‘lamli bo‘ladi.

Mavzuga oid