Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qariyb 1 mlrd so‘m miqdorida savdo qoidalarini buzgan tadbirkor aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tegishli tartibda o‘tkazilgan tekshirishda yakka tartibdagi tadbirkor A.Ahmatboyevning faoliyati o‘rganilganda, uning ayrim qing‘ir ishlari ochilib qoldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Aniqlanishicha, A.Ahmatboyev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) savdodan tushgan pullarni nazorat-kassa mashinasi orqali kirim qilmay, 47 mln. 850 ming so‘mni bankka topshirmasdan import qilingan 1 mrld. 632 mln. 285 ming so‘mlik tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘dan 920 mln. 800 ming so‘mini Toshkent shahridagi banklarga omonat mablag‘i sifatida topshiradi. Shu tarzda jami 968 mln. 650 ming so‘m miqdorida savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzadi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud kassaga emas, kissaga ishlashni odat qilgan “tadbirkor”ga nisbatan tegishli jazo tayinladi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
17:21 / 05.04.2025