Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 11 ming 650 tonna urug‘lik kartoshka chetdan olib kelinadi
Vazirlar Mahkamasining 14.06.2017 yildagi 374-son “Kartoshkani kultivatsiya qilish hajmlarini ko‘paytirish, kartoshka urug‘chiligi va urug‘ fondini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
«O‘zdonmahsulot» AK, «O‘zvinosanoat-xolding» XK va «O‘zpaxtasanoateksport» XK tarkibiga kiradigan tashkilotlar kartoshkani takroriy ekin sifatida yetishtiradi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari mazkur tashkilotlarga 2017 yilgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan ekin maydonlarida kartoshka yetishtirish uchun fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzishda ko‘mak beradi.
Buning uchun O‘zbekistonga 11 650 tonna urug‘lik kartoshka import qilinadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, «Sho‘rchidonmahsulotlari» AJ, «Yakkabog’ meva-sabzavot eksport tayyorlov» MChJ, «Agro fruits export trade» MChJ, «Imkon agro» MChJ, «Surxondaryo agrofirmasi» MChJ MMTG‘K, «Gold atlas global» MChJ MMTG‘K tomonidan olib kelinadigan mazkur hajmdagi kartoshka 2017 yil 1 avgustgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilindi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025