Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDRga 2018 yilgi qishki olimpiadani birga o‘tkazishni taklif qilmoqda
Janubiy Koreya 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishda KXDR bilan hamkorlik qilishi mumkin. Janubiy Koreya sport vaziri To Chjon Xvan shunday bayonot bilan chiqish qilgan. Shu orqali janubliklar shimolliklar bilan o‘rtadagi taranglikni yumshatishga umid qilishmoqda.
«Biz KXDRga o‘z hududida Pyongchangda bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Olimpiadaning ayrim musobaqalarini o‘tkazishni taklif qilmoqchimiz. Umid qilamizki, bu mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy ziddiyatni yumshatishga xizmat qiladi. Tog‘-chang‘i sporti bo‘yicha musobaqalar KXDRdagi Masikren markazida o‘tkazilishi mumkin», — degan To Chjon Xvan.
Janubiy Koreya matbuotida yozilishicha, bu masala XOQ rahbari Tomas Bax hamda Shimoliy Koreya Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasining iyun oyi oxirida Janubiy Koreyaga tashrifi vaqtida muhokama qilinadi.
Olimpiada mezbonligida hamkorlik qilish g‘oyasi Janubiy Koreyaning yangi prezidenti, qo‘shnilar bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori Mun Che In tashabbusi hisoblanadi. KXDRdagilar ham qo‘shni mamlakatdagi olimpiadani boykot qilmoqchi emas.
Ma'lumot uchun, shunga o‘xshash vaziyat 1988 yilda yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida kuzatilgandi. O‘shanda KXDR Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga Olimpiadani Janubiy Koreya bilan hamkorlikda o‘tkazish taklifini bildirgan, ammo rad javobi olingandi. Shundan keyin rasmiy Pyongchang turnirda ishtirok etishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025