Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi metandan zaharlanib halok bo‘ldi
22 iyun kuni Moskvadagi Bojyenko ko‘chasidagi kanalizatsiyada ishlayotgan besh nafar ishchi zaharli gazdan nafas olgan. Ularning uch nafari halok bo‘lgan. «MK»shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida O‘zbekiston fuqarolari besh kishi bo‘lib kanalizatsiyaga tushishgan. Ular maxsus kiyimda, lekin nafas yo‘lini himoyalovchi niqobsiz ishlayotib, xavfsizlik texnikasi qoidasini buzishgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kanalizatsiya lyuklarida ko‘pincha hidsiz, lekin zaharli metan (botqoq gazi) to‘planib qoladi.

Kutilmaganda erkaklar birin-ketin hushini yo‘qota boshlashgan. Ba'zilari u yerdan chiqib, yordamga chaqirishga muvaffaq bo‘lishgan. FVV xodimlari yetib kelguniga qadar ishchilar vatandoshlarining jasadlarini kanalizatsiyadan olib chiqishgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga tergov komissiyasi ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
07:41 / 10.05.2025