Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tungi klublar bo‘yicha o‘tkazilgan reydda 14 yoshli bola mehnatidan foydalanayotgani aniqlandi
Samarqand shahar hokimligi, shahar prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi hamda STV telekanali hamkorlikda yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, voyaga yetmaganlarni tungi vaqtda nazoratsiz yurishlarining oldini olish maqsadida «Tungi reyd» o‘tkazildi.
Samarqand huquq-tartibot muassasalari tomonidan «SamSiti», «Le Grand», «Pandora» va boshqa tungi klublar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda bir qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Xususan, «Sharq pazandasi» MChJ rahbariyati 14 yoshli voyaga yetmagan bolaning mehnatidan foydalanib kelgan.
Tungi klublarda voyaga yetmagan yoshlarning ko‘pchiligi yarim tunda spirtli ichimliklar iste'mol qilayotganligi aniqlangan. Reyd davomida tungi klubda bo‘lgan yosh qizlar bilan o‘tkazilgan suhbatda aniqlanishicha, ularning aksariyatining ota-onasi xorijda.
Huquq-tartibot muassasalari xodimining aytishicha, tungi klublar soat 23:00 gacha ishlashi mumkin. Aks holda huquq-tartibot muassasalari tomonidan tungi klublar egalariga nisbatan muayyan choralar ko‘riladi.
Joriy yilning so‘nggi 5 oyida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida 15 ta reyd o‘tkazilib, voyaga yetmaganlarga tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.
F.Norbo‘tayev
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025