Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Rossiyada to‘sib qo‘yilishi mumkin, Durov o‘z fikrini bildirdi
Telegram asoschisi Pavel Durovning ma'lum qilishicha, Rossiya axborot texnologiyalarini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat tomonidan messenjer to‘sib qo‘yiladigan bo‘lsa, bu RF manfaatlariga zid holatga aylanadi.
"Qiziqki, Rossiyada kun tartibida AQSh tomonidan nazorat qilinuvchi Whatsapp yoki Facebook Messenger’ni to‘sib qo‘yish masalasi yo‘q, biroq Rossiyaga nisbatan betaraf bo‘lgan Telegram’ni bloklash masalasi faol muhokama qilinmoqda", - deya yozdi Durov "VKontakte"dagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram’ni to‘sib qo‘yish rossiyalik amaldorlarning WhatsApp/Viber orqali yozishmalari “Amerika nazorati ostida bo‘lgan Apple iCloud/Google Drive’ga o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin”.
"Chetdan bu holat davlat manfaatlariga qo‘poruvchilik qilish kabi tuyulmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Durov.
Avvalroq Rossiya axborot texnologiyalarini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati rahbari Aleksandr Jarov Telegram jamoasi va shaxsan Durovni ma'lumot tarqatuvchi tashkilotlar reyestriga kiritish uchun kerakli hujjatlarni taqdim etishga chaqirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda messenjer to‘sib qo‘yiladi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025