Light | 12:17 / 26.06.2017
36112
2 daqiqa o‘qiladi

Bu hayvonot bog‘ida hammasi teskari: kishilar – qafasda, hayvonlar esa – erkinlikda (foto)

Foto: AFP

Ko‘pchilikning bolalik xotiralari aynan hayvonot bog‘iga borish bilan chambarchas bog‘liq. Ajoyib qushlar, dahshatli yirtqichlar bizning oldimizda televizorda emas, balki haqiqiy hayotda paydo bo‘ladi. Biroq, ba'zi kishilarga hayvonlarni xavfsiz masofadan kuzatish kamlik qilmoqda.

Xususan, Chilining Rankagua shahrida Safari Lion Zoo hayvonot bog‘i bo‘lib, u qafaslarda yirtqichlar emas, balki tashrif buyuruvchilar o‘tiradigan Lotin Amerikasidagi ilk hayvonot bog‘idir. O‘ziga xos attraksionning g‘oyasi shundaki, kishilar hayvonlarni tabiiy sharoitda ko‘rishlari mumkin.

Barcha xohlovchilar sherlarga maksimal yaqin masofaga kelishlari va hudud bo‘ylab kuchli po‘lat panjara bilan o‘ralgan avtobusda aylanishlari mumkin.

Yovvoyi mushuklarni yangi go‘sht o‘ziga tortishi mumkin, uni tashrif buyuruvchilar o‘zlari bilan olishlari kerak bo‘ladi. Yirtqichlar go‘sht hidini sezib, avtobus-qafaslarning ustiga sakrab chiqib oladi va kishilarni qiziqish bilan kuzatadi.

Hayvonlarni panjara orqali oziqlantirish taqiqlangan, fotosuratga tushish va qo‘l tekkizish esa umuman man etilgan. Biroq bunday o‘ziga xos mashg‘ulot faqatgina eng dovyuraklarga mo‘ljallangan, sababi yirtqichlar Safari Lion Zoo’da butunlay erkin holda yuradi va ularning xatti-harakati istalgan vaqtda kutilmagan bo‘lib chiqishi mumkin. Bu haqda esa bir soniyaga ham unutmaslik lozim.

Mavzuga oid