Jamiyat | 16:00 / 26.06.2017
16724
1 daqiqa o‘qiladi

San-Pauluda avtomobil skeytbordchilarga qarab haydab borildi (video)

Braziliyaning San-Paulu shahridagi ko‘chalardan birida avtomobil skeytbordchilarga qarab haydab borildi. Bu haqda TVNZ telekanali xabar berdi.

YouTube’da e'lon qilingan videoda qora rangli mashina skeytbordlarda uchayotgan yosh yigit-qizlarning orasidan katta tezlikda o‘tib ketganini ko‘rish mumkin.

Hodisa oqibatida uch kishi jarohatlandi. Avtomobil haydovchisi yashiringan, mahalliy politsiya uning shaxsini aniqlash harakatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid