Sport | 18:25 / 27.06.2017
5818
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR 2018 yilgi Olimpiadani Janubiy Koreya bilan birga qabul qilishdan bosh tortdi

KXDR Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning 2018 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok uchun qo‘shma jamoa tashkil etish bo‘yicha taklifidan bosh tortdi. Bu muzokaralarga vaqtning kamligi tufayli ro‘y bergan, deb xabar bermoqda KXDRning Xalqaro olimpiya qo‘mitasidagi a'zosi Chan Un. Uning so‘zlarini Bi-bi-si keltirdi. 

Avvalroq Koreya Respublikasi prezidenti taekvondo bo‘yicha jahon chempionati ochilishida, KXDR bilan qishki Olimpiya o‘yinlarida birgalikda ishtirok etish bo‘yicha jamoa tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Shuningdek, u KXDRning 2018 yilgi O‘yinlarda qatnashishi Koreya yarim orolidagi tinchlikni mustahkamlashga xizmat qilishni ta'kidlab o‘tdi.

KXDR va Janubiy Koreya 1991 yilgi stol tennisi bo‘yicha jahon chempionatida birlashgan jamoa sifatida ishtirok etdi. “O‘shanda buning uchun muzokaralarning 22 raundi talab etilgandi. Bunga besh oyga ketgan, biroq bu biz duch kelayotgan reallik”, - deya ma'lum qildi Chan Un.

Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya vakillari “birlashgan jamoa to‘g‘risidagi ochiq muloqotga tayyordir”. 

Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari Pxenchxanda 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid