Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 iyun kuni Toshkentda birdaniga 8 ta YTH sodir bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi
2017 yilning 26 iyun kuni Toshkent shahri hududida 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 11 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
2017 yilning 26 iyun kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 228 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 48 tasini qo‘pol turdagi, 3 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 26 iyun kuni jami 1246 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 520 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 726 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025