Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandning Sartepasidagi xonadon: uy emas, chiqindixona deysiz (video)
Samarqand shahridagi Sartepa massivi «Guliston» mahallasida yashovchi aholi mahalladagi 158-uyning to‘rtinchi qavatida joylashgan xonadon uzoq yillardan beri chiqindilar bilan to‘lib yotgani yuzasidan shikoyat qildi. Bu haqda mahalliy STV telekanalining «Xabarlar» informatsion dasturi orqali xabar berib o‘tilgan.
Sartepa massivi «Guliston» mahallasida 158-ko‘p qavatli uyda yashovchi Volodya Kozenning uyi uzoq yillardan buyon chiqindilar bilan to‘lib yotibdi. Uning uyi qop-qop chiqindilar uyumi bilan to‘lishi bilan birga, xonadon turli xil hashoratlarning maskaniga aylangan. Uydan taralyotgan badbo‘y hidga inson chiday olishi qiyin.
Qo‘ni-qo‘shnilar V.Kozenning uyini dam-badam tozalab turishsa-da, biroq bir necha kun o‘tgandan so‘ng u yana xonalarni chiqindilar bilan to‘ldirib tashlar ekan.
Mazkur xonadonga qarama-qarshi uyda istiqomat qiluvchi qo‘shnilar uning uyiga umuman kira olmasligini, uyning chiqindilar bilan to‘lib-toshganidan shikoyat qilishdi.
Mahalla fuqarolaori bir necha marotaba sanitariya epidimologiya markaziga murojaat etishgan. Biroq masalani o‘rganishga kelgan mutaxassis muammoni shunchaki qo‘l uchida o‘rganib ketishdan nariga o‘tmagan.
158-ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi aholini yillar davomida qiynab kelayotgan yana bir muammolardan biri shundaki, ushbu uy ta'mirtalab bo‘lib qolgan. Uyning devorlari ko‘chib, yo‘laklar o‘yilib ketgan. Bu yerda yashovchi fuqarolar uyning cho‘kayotganligi sabab devorlar yorilib ketayotganligidan xavotirda.
Mazkur muammoni hal etish bo‘yicha mahalla fuqarolari «Sartepa-hayot servis» shirkatiga murojaat qilishgan. Biroq shirkat raisi fuqarolarga doimiy ravishda «qilamiz», «bajaramiz», degan quruq va'dalar berishdan nariga o‘tmagan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat etilgan bo‘lsa-da, biroq hech qanday natija bo‘lmagan. Savol tug‘iladi: har yili kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda nahotki bu uy e'tibordan chetda qolib ketavergan bo‘lsa? Nahotki uyni ta'mirlashga mas'ul bo‘lgan mutasaddi rahbarlar shuncha yildan beri ushbu holatga panja orasidan qarab kelishmoqda?
«Guliston» mahallasidagi 158-uy fuqarolari hamon o‘zlarni qiynayotgan muammo bo‘yicha mutasaddi tashkilotlardan amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini umid bilan kutishmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025