Sport | 08:27 / 02.07.2017
11303
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur tennischi o‘lim bilan tugagan YTHda ayblanmoqda

Mashhur amerikalik ayol tennischi Vinus Uilyams uning ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan 78 yoshli erkakning oilasi va yaqinlariga Facebook orqali o‘z hamdardligini bildirdi.

"Men avariyadan keyin tushkun holatdaman va qayg‘udan ado bo‘ldim. Men chin yurakdan Jyerom Barson oilasi va do‘stlariga hamdardligimni bildiraman va ular haqiga duoda bo‘lib, ular haqida o‘ylamoqdaman", deyilgan xabarda. 

Guvohlar ma'lumotlariga ko‘ra, mashhur tennischi Serena Uilyamsning opasi Vinus Toyota Sequoia mashinasida svetoforning qizil chirog‘ida chorrahaga chiqib ketgan. Oqibatda uning mashinasiga 78 yoshli Barson o‘tirgan Hyundai Accent mashinasi kelib urilgan. Mashinani erkakning rafiqasi Linda Barson boshqargan. Erkak 2 hafta o‘tgach, olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etgan. Vinusning o‘ziga hech narsa qilmagan.  

Sportchining advokati uning aybsiz ekanligini ta'kidlamoqda. Uning aytishicha, Vinus yo‘l harakati qoidasini buzmagan holda chorrahaga yashil chiroqda 8 km/soat tezlik bilan chiqqan. Ma'lum qilinishicha, marhumning oilasi Uilyams ustidan sudga ariza bergan. Florida politsiyasi ushbu hodisani tergov qilishda davom etmoqda.

37 yoshli Vinus Uilyams "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi musobaqalarning yetti karra g‘olibasi hisoblanadi. U, shuningdek, Olimpiya o‘yinlarining oltin medallarini 4 marta, jumladan 3 marta singlisi Serena bilan juftlikda qo‘lga kiritgan. 

Mavzuga oid