Jahon | 12:25 / 03.07.2017
8633
3 daqiqa o‘qiladi

Chitadagi maktabda suriyalik qochqin qiz davlat imtihonida oltin medal olgan yagona o‘quvchi bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti

Suriyalik qochqin qiz Iman Hassun Chita markazidagi Zabaykalyadagi 44-maktabni oltin medal bilan tamomladi. Bu haqda RIA Novosti o‘lka ta'lim vazirligi matbuot kotibi Yekaterina Gorskaya ma'lum qilgan.

"Suriyadan kelgan qochqin qiz Iman Hassun bu o‘quv yilida 44-maktabni oltin medal bilan bitirdi. Qayd etish kerakk, Iman bu maktabda oltin medal olgan yagona o‘quvchi bo‘ldi", degan vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qizning onasi chitalik, otasi esa Irkutskda o‘qiganida u bilan tanishib qolgan. Iman Hassun Idlibda yashagan, Chitaga ota-onasi bilan 2015 yil yozida ko‘chib kelgan.

"Urush boshlandi, bizning shaharga hujum qilishdi, bu dahshatli hodisadan keyin biz onamning vataniga, Chitaga kelishga qaror qildik", deydi Iman.

"Suriyada ko‘plab do‘stlarim qolishdi. Men ular bilan muloqot qilib turaman. Ular shunday og‘ir sharoitlarda yashab, o‘qishda davom etishmoqda va bularning barchasi yakunlanishiga umid qilishmoqda", deya davom etgan qiz.

U avvaliga rus tilida yozishga qiynalgan, ammo ikki yil o‘tib, u rus tili bo‘yicha davlat imtihonida 91 ball olgan yagona o‘quvchiga aylangan.

"Maktabda eng qiyin dars men uchun rus tili edi. Noldan boshlashga to‘g‘ri keldi. Menga ayniqsa "y" harfini yozish muammo bo‘ldi. Men alifbo bo‘yicha yoz bo‘yi ishladim. Ko‘p harakat qildim... Axir Suriyada bunday fan yo‘q edi", deya hikoya qiladi u.

Agentlik suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, qiz rus tilida erkin gaplasha oladi. U o‘zining ikki vatani borligi, biri Suriya, ikkinchisi Rossiya ekanini aytadi, lekin u qachondir Idlibga qaytishni istaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid