O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi
Kuni kecha davlat rahbari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot – O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Ushbu taklif mamlakat yoshlari tomonidan zo‘r ishtiyoq bilan kutib olindi.
Shu munosabat bilan, o‘tkazilgan mazkur Qurultoyda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish bo‘yicha taklif qo‘llab-quvvatlandi.
Adliya vazirligiga taqdim qilingan hujjatlarga muvofiq asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlash, yigit-qizlarning ma'naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida 2017 yil 5 iyulda o‘tkazilgan yig‘ilishda Adliya vaziri M.Ikromov tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Q.Quranboyevga Ittifoqning vazirlikdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan guvohnomasi topshirildi.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari asosida olib boradi va mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning barcha huquq va erkinliklariga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
00:09 / 30.08.2019
Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmati rahbari: «Bizda budjet taqchilligi yuzaga kelgan»
18:09 / 12.07.2019
Namangan, Qo‘qon va Farg‘onada yangi «Yulduzcha»lar saralanmoqda
11:06 / 25.03.2019
Germaniyada O‘zbekiston yoshlari kuni tashkil etildi
12:17 / 08.11.2018