Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet elda qonuniy ishlovchi fuqarolarning onlayn ruxsatnoma olishi yo‘lga qo‘yiladi
2017 yil 5 iyul kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston TIV vaziri Abdulaziz Komilov bilan jonli efirda muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqot davomida AQShda yashovchi o‘zbekistonlik Nodir Zokirov tomonidan quyidagicha savol yo‘llandi:
“2009 yildan beri Vashingtondagi Jahon bankida faoliyat yuritaman. Chet elda qonuniy ravishda ishlaydigan ko‘plab fuqarolarimiz elchixonaga kelib o‘z biometrik pasportlarini almashtirmoqchi bo‘lishganida ulardan O‘zbekiston Tashqi migratsiya agentligining litsenziyasi talab qilinadi. Bu litsenziyaga ega bo‘lmay turib, lekin xorijda qonuniy asosda ishlayotgan fuqarolar uchun bu ishni, ya'ni ovir yoki pasport alishtirishni yengillashtirish imkoni bormi?”
Mazkur murojaatga Tashqi mehnat migratsiya agentligi rahbari Xo‘jabahlil Asomov javob berdi:
“Darhaqiqat, Vazirlar Mahkamasining 2003 yilgi qaroriga muvofiq, fuqarolarimizning chet elda ishlashi uchun agentlikdan litsenziya olishlari talab qilinadi. Biroq chet elda ishlaydigan diplomatlar, ma'ruza o‘qishga boruvchi tashkilot xodimlari hamda davlat kelishuviga asosan xorijda ishlaydigan fuqarolarimiz bundan mustasno. Endilikda 2017 yilning 3 martidan boshlab, litsenziya olish jarayoni agentlikning o‘zida tashkil etilib, hujjatni olish muddati 30 ish kunidan 7 kunga qisqardi”.
Agentlik rahbarining qayd etishicha, fuqarolardan mazkur jarayon bo‘yicha ko‘p murojaatlar kelib tushganini inobatga olgan holda, hozirda litsenziya olish jarayonini onlayn rejimga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
“Bu borada kerakli dasturlar ishlab chiqiladi. Endilikda fuqarolarimiz chet eldan turib, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidan ruxsatnoma olish imkoniga ega bo‘lishadi”, deya qo‘shimcha qildi agentlik rahbari.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
16:16 / 12.04.2023
Migratsiya agentligimi yo... migrantlarni talaydigan “shirkat”?
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022