Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘arma tashkil etiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘arma tashkil qilinishi kutilmoqda. Bu haqida 7 iyul kuni Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyada Markaziy Bank departament direktor o‘rinbosari Azimov Zafar Abdumajidovich ma'lum qildi. Anjumanda ishtirok etgan "Kun.uz" muxbiri shu haqida xabar berdi.

"Markaziy bank boshchiligidagi tijorat banklari tadbirkorlarimizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Biz buning tarafdorimiz. Hozir katta ish boshladik, bu mamlakatda tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘armani tashkil qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. Uning qanday ko‘rinishda bo‘lishi, nizomi va boshqa ma'lumotlar kelgusida e'lon qilinadi. Bularning barchasi tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan", - dedi Markaziy bank vakili.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda tadbirkorlarimiz uchun juda ko‘p xorijiy kredit liniyalari bo‘ladi.
"Xitoyga tashrifimizdan so‘ng Xitoy taraqqiyot banki, Rossiya Federatsiyasiga tashrifdan so‘ng "Gazprombank", Osiyo taraqqiyot banki 150 million dollar miqdorida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlashga doir alohida xorijiy liniya ajratgan. Aytmoqchi bo‘lganim, bu yil valyutada beriladigan kreditlarimiz hajmi ham nihoyatda katta bo‘ladi", - deya ta'kidladi Azimov Z.A.
Mavzuga oid
11:21 / 20.01.2024
Aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelganda tadbirkorning faoliyati cheklanadi yoki to‘xtatib turiladi
19:26 / 17.02.2023
Xususiy biznes va kichik tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ulushi 29,5 foizga yetdi
20:22 / 12.02.2021
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 8,5 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlari tashkil etildi
01:12 / 20.10.2018