Sport | 18:20 / 08.07.2017
14355
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Lukakuni hibsga olishdi

«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku Beverli-Hillzda kechasi shovqin qilgani uchun qo‘lga olindi.

Belgiyalik futbolchi ijaraga uy olgan va u yerda ziyofat uyushtirgan. Ziyofatda qattiq shovqin qilingan, natijada qo‘shnilar Lukaku va uning hamrohlarini tinchlantirish uchun politsiya chaqirishgan.

Yakunda futbolchi hibs qilingan, ammo uni politsiya mahkamasiga olib ketishmagan. Unga sudga chaqiruv qog‘ozi berilgan. Hozirda unga qanday jazo belgilanishi ma'lum emas, ko‘p ehtimol bilan u jarima to‘lash bilan qutuladi.

Mavzuga oid