Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Svetlana Ortiqova avvalgi va hozirgi qonunlarni taqqosladi
Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova qonunlar haqidagi savollarga javob berar ekan, ommaviy axborot vositalarini uyg‘onishga, ishlashga chorladi. Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" muxbiri shu haqida xabar berdi.
"Ilgarigi 2010 yilda qabul qilingan qonunlarni sifati, tili, qonunchilik texnikasi nuqtai nazaridan bu yili qabul qilingan qonunlar bilan taqqoslasangiz, yer bilan osmonchalik farqi bor. Shu yili parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga deyarli sharh kerak emas - ular ravon, lo‘nda, tushunarli tilda yozilgan.
2010 yilda qabul qilingan qonunlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llasa bo‘lar edi, bu yilgi qabul qilingan qonunlarni tushunishda ham oqsash sezilmoqda".
Shu o‘rinda S.Ortiqova ommaviy axborot vositalariga murojaat qildi:
"Siz bilan biz to‘g‘ri tushuntirish beraylik-da, keyin ulardan javobini so‘raylik. Ayniqsa, hozirgi kunda OAV imkoniyatlari juda katta - jurnalistik surishtiruvlar qilishadi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar olib borishadi, terlatadigan savollarni ham berishadi. Uncha-muncha vazirlik va idoralar xodimlari jurnalistlarning savollaridan cho‘chib turadi "nima deyman" deb. Kuni kecha tashqi ishlar vaziri ham jonli efirda barchani qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Uxlaydigan vaqt ketdi. Keling, uyg‘onaylik, ishlaylik. Avvalambor "Men nima qildim? Qonunlarni bilamanmi yoki yo‘q?" kabi savollarga ijobiy javob topsakkina ro‘paramizda o‘tirgan fuqaroga savol berishga haqqimiz bo‘ladi".
Mavzuga oid
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi
10:05 / 02.05.2025