Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning yaxtasida tintuv o‘tkazildi. Endi u yana ketish harakatiga tushishi mumkin
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun yana bir bor soliq organlari vakillari bilan muammoga duch keldi.
Hola nashri xabariga ko‘ra, soliq inspeksiyasining bojxona departamenti xodimlari Balear orollarida oilasi bilan dam olayotgan futbolchining yaxtasida tintuv o‘tkazgan. Bu tintuv uning soliq to‘lamagani bilan bog‘liq mojaroga aloqador bo‘lishi mumkin.
Bojxonachilar qurollangan politsiyachilar bilan hamkorlikda 1,5 soat davomida futbolchi bo‘lgan yaxtani tintuv qilgan.
Qayd etilishicha, yaxta Ronalduga tegishli emas, ta'til vaqtida ijaraga olingan. Tintuv paytida Ronaldu oilasi bilan yaxta ichida bo‘lgan.
Ayni vaqtda Ronaldu Ispaniyada 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Futbolchi esa bu ishda o‘zini aybsiz hisoblaydi va talab etilayotgan mablag‘ni to‘lamoqchi emas.
Ronalduning ishi bo‘yicha sud 31 iyulga belgilangan. Portugaliyalik futbolchi sudda o‘z manfaatlarini himoya qilishi uchun ikki advokat yollagan.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025