Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Umid qilamizki, Nemtsovning o‘ldirilishiga buyurtma berganlar topiladi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva tuman harbiy sudi tomonidan siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan ayblanuvchilarga chiqarilgan hukmlarga izoh berdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
Peskov, Kremlning sud hukmiga munosabati haqidagi savolga javob berarkan, shunday dedi: «Biz sud qaroriga izoh bermaymiz».
Shu bilan birga, matbuot kotibi Nemtsovning o‘ldirilishiga buyurtma berganlar topiladi, deb umid bildirgan.
Avvalroq Nemtsovning qotili bo‘lgan Zaura Dadayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingandi. Shu bilan birga, boshqa ayblanuvchilar 11 yildan 19 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etildi.
Mavzuga oid
18:08 / 28.02.2025
10 yil oldin Boris Nemsov o‘ldirilgandi. Bu jinoyat tashkilotchisi va buyurtmachisi hamon topilmagan
22:11 / 13.08.2024
Boris Nemsovning o‘ldirilishida ayblangan Temirlan Eskerxonov koloniyadan chiqib, urushga jo‘nab ketdi
09:34 / 18.04.2024
Boris Nemsov fondi Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
11:17 / 28.02.2024