Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chinni bozor”dagi yuk tashuvchi hamkasbini pichoqlab qo‘ydi
Zangiota tumanida 9 iyul kuni soat 04.35 larda Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni xududida joylashgan Hunarmandlar bozori (chinni bozor) ichidagi ombor oldida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida yashovchi, bozorda yuk tashuvchi bo‘lib ishlovchi, 1978 yilda tug‘ilgan, A. Yu. o‘zaro janjallashib, Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi, bozorda yuk tashuvchi bo‘lib ishlovchi, 1979 yilda tug‘ilgan J. G.ni ko‘krak qafasiga pichoq bilan ikki marotaba urib, tan jaroxati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
J.G. Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasiga olgan tan jaroxati bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025