Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada Telegram bloklandi
Pavel Durovning Telegram messenjeri Indoneziya hududida bloklandi. Mamlakat aloqa axborot texnologiyalari vazirligi ko‘rsatmasi bilan shunday chora ko‘rilgan. Bu haqda CNN Indonesia xabar qilmoqda.
Vazirlik vakili bu xabarni tasdiqlar ekan, vazirlik ushbu masala bo‘yicha bayonot hozirlayotganini bildirgan. Indoneziya fuqarolaridan biri Twitter sahifasi orqali Pavel Durovga murojaat qilib, uning messenjeri bloklanganidan xabari bor-yo‘qligiga qiziqqan.
«Bu g‘alati. Biz Indoneziya hukumatidan hech qanday so‘rov yoki shikoyat olganimiz yo‘q. Biz surishtiruv o‘tkazib, bayonot beramiz», — degan Durov.
Avvalroq, Durov Telegram messenjerini yangilashni tavsiya qilgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025