Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada favqulodda holat rejimi yana uch oyga cho‘zdirilishi mumkin
Turkiya hukumati mamlakat milliy xavfsizlik Kengashiga favqulodda holat rejimini yana uchga cho‘zdirish iltimosi bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi.
Vazirlar mahkamasi rahbarining eslatishicha, FH rejimining muddati 19 iyul kuni yakuniga yetadi.
«Hukumat a'zolari milliy xavfsizlik Kengashiga FH rejimi muddatini uzaytirish yuzasidan murojaat bilan chiqish lozim, degan fikrda», - deya ta'kidlab o‘tdi Yildirim. Uning eslatishicha, Turkiyada 3 oylik FH rejimi ilk bora 2016 yilning 21 iyul kuni kiritilgan bo‘lib, bu mamlakatda ro‘y bergan to‘ntarishga urinishdan so‘ng yuz bergandi.
Turkiya bosh vaziri 2016 yilning iyul voqealarini eslar ekan, shunday dedi: «To‘ntarishga urinish kuni oxirigacha borishga qaror qildik, hamda kerak bo‘lganda tahdidni yo‘qotish uchun hayotimizni ham berardik. Bu qaror davlat rahbari bilan muvofiqlashtirilgan. Isyonchilarning rejalari faqatgina bir holatda – prezident va bosh vazir jismonan yo‘q qilingan taqdirda, muvaffaqiyat qozonishi mumkin edi», - deya ta'kidlab o‘tdi Binali Yildirim.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025