Fan-texnika | 17:03 / 15.07.2017
5429
2 daqiqa o‘qiladi

MAK Toshkentdan Bishkekka reyslarni ko‘paytiradi

Foto: "Kun"

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkentdan Bishkekka reyslarni haftasiga 2 tadan 4 taga qadar yetkazadi. Bu haqda Qirg‘iziston transport va yo‘llar vaziri o‘rinbosari Gulmira Abdraliyeva O‘zbekiston “Davavianazorat”i bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Qirg‘iziston tomoni o‘zbek aviayo‘nalishlariga havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun imtiyozli sharoitlar taklif qildi. Abdraliyevaning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston, bundan tashqari, «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga «Manas» aeroporti orqali boshqa davlatlarga tranzit parvozlari uchun erkinlikning 5-darajasini taqdim etishga tayyor.

«O‘zbekiston hukumatiga Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarning tiklangani uchun minnatdorlik bildiramiz», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir o‘rinbosari.

Bu O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviatsiya rasmiylarining so‘nggi 9 yil davomidagi ilk uchrashuviga aylandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid