Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yomiuri: Yaponiya yangi kemalarga qarshi raketalarni jangovar safga qabul qiladi
Yaponiya hukumati 2018 moliya yili davlat byudjyetiga (2018 yil aprel- 2019 yil mart oylari) yangi tovushdan tez ucha oladigan kemalarga qarshi mahalliy raketalarni xarid qilish uchun xarajatlarni ham kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yomiuri gazetasi yozmoqda.
Onlayn nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Mudofaa kuchlarining F-2 qiruvchi samolyotlari ushbu raketalar bilan jihozlanadi. Bu choralar, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi faolligi bilan bog‘liq.
Hozirda, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari qurol-yarog‘lari tarkibida bir nechta kemalarga qarshi raketalar bor. Ular tovush tezligiga yaqin tezlikda ucha oladi. Biroq, yangi ishlanma tovush tezligidan 3 karra tezroq bo‘ladi va soatiga 3710 km tezlikka erisha oladi. Bundan tashqari, yangi raketalar parvoz trayektoriyasi imkon darajasidan suv yuzasiga yaqinlashtirilgan, bu esa ularning urib tushirilishini qiyinlashtiradi.
Avvalroq, Yomiuri gazetasi, Yaponiya hukumati yangi xarid qilinayotgan ko‘p maqsadli beshinchi avlod F-35 jangovar samolyotlarini "havo-yer" tasnifidagi raketalar bilan jihozlashni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025