Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaga ishlashga yuborishda yordam berishni va'da qilib, 3 ming dollar olgan xavfli retsidivist ushlandi
2017 yilning 3 aprel kuni taxminan soat 10:00larda muqaddam sudlangan Alyona Kim Sergeli tumani hududida fuqaro Javohir Bayramovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, unga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishda yordam berishini bildirib, aldov yo‘li bilan undan 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik, ya'ni xavfli retsidivist tomonidan, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
00:47 / 24.05.2025