Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 106 yoshli shifokor hayotdan ko‘z yumdi
Yaponiyalik shifokor Sigeaki Xinoxara hayotdan ko‘z yumdi. U mamlakatning yuz yoshdan keyin ham mehnat faoliyatini davom ettirgan va faol uzoq umr ko‘rish timsoliga aylangan fuqarosi edi. Xinoxara 106 yoshida Tokioda hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.
Xinoxara Avliyo Luk nomidagi xalqaro klinikaning bosh shifokori, direktorlar kengashi raisi va faxriy bosh shifokori edi. U 90 yoshida «To‘g‘ri yashash» nomli essesidan so‘ng tanildi. Bu asar 1,2 million nusxadan ortiq miqdorda nashr etildi. U sog‘lom turmush tarzi, hayotga ijobiy qarash va uzoq umr ko‘rish bir-biri bilan bog‘liq ekanini isbotladi.
Xinoxara 88 yoshida myuzikl uchun ssenariy yozib, unda qahramonlardan birini ijro etdi. 90 yoshida o‘z orzusini amalga oshirib orkestrga dirijyorlik qildi. U shifoxonadagi bemorlar uchun ham musiqa kechalari tashkil etib turar edi, deb yozadi telekompaniya.
Shifokor 105 yoshlik yubileyida tantanali ravishda nishonlab, mehmonlar bilan Tayvanga sayohat qilgan.
Sigeaki Xinoxara 18 iyul kuni ertalab nafas organlari yetishmovchiligidan vafot etgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025