Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot vazirligi tadbirkorlar muammolarini hal qilish uchun takliflar to‘plamoqda
Iqtisodiyot vazirligi qator vazifalarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish maqsadida tadbirkorlarni o‘z takliflarini maxsus shakl bo‘yicha yuborishga chaqirmoqda, deb yozadi Norma.uz.
Xabar berilishicha, hozirgi vaqtda mamlakat rahbariyatining topshirig‘iga binoan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatidagi muammoli masalalarni hal qilish va kichik biznes, xususiy mulk va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.
Xususan, quyidagi masalalar bo‘yicha takliflar to‘planmoqda:
• soliq solish va soliq ma'murchiligi;
• kreditlash va bank xizmatlari ko‘rsatish;
• “yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish;
• tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalari ajratish va qurilishga ruxsatnoma berish;
• muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish (elektr, suv va gaz ta'minoti);
• korxonani tashkil etish va tugatish (bankrotlik) bo‘yicha;
• litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish;
• mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish;
• eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;
• savdo sohasini takomillashtirish;
• tovarlar va xizmatlarni elektron tijorat orqali sotish;
• nazorat organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazish;
• xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni sotib olish imkoniyati;
• transport-logistika xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;
• bozor infratuzilmasini (sug‘urta, lizing, audit va b.) rivojlantirish;
• biznesni yo‘lga qo‘yish davrida qo‘llab-quvvatlash;
• xodimlarni yollash va boshqalar.
Tadbirkorlik sektorini so‘rovdan o‘tkazish mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan takliflar to‘plash maqsadida tashkil etildi.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025