Yaponiya bosh vazirining rafiqasi Tramp bilan gaplashmaslik uchun kutilmagan usuldan foydalandi
Independent nashrining yozishicha, Yaponiya bosh vazirining rafiqasi Akie Abe AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashmaslik uchun o‘zini ingliz tilini bilmaydigandek qilib ko‘rsatgan.
Tramp The New York Times’ga bergan so‘nggi intervyusida Sindzo Abening rafiqasi ingliz tilida bironta so‘zni bilmasligi haqida aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, G20 sammitidagi kechki ovqat paytida «bosh vazir Abening rafiqasi bilan yonma-yon o‘tirgan, u ajoyib ayol, biroq ingliz tilida gaplashmas ekan».
Jurnalistning Yaponiya bosh vaziri rafiqasining bilimlari haqidagi savoliga Tramp shunday ma'lum qilgan: «U hattoki «salom» so‘zini bilmas ekan, hamda ikki soat davom etgan kechki ovqat davomida jim o‘tirdi».
Biroq nashr jurnalistlaridan birining ta'kidlashicha, Abe xonim ingliz tilini juda yaxshi biladi. Bunga isbot sifatida uning simpoziumlardan birida ingliz tilida chiqish qilgani ko‘rsatildi. Nashrning qayd etishicha, «ehtimol, Yaponiya birinchi xonimi kechki ovqat davomida prezident Tramp bilan muloqot qilmaslik uchun o‘zini tilni bilmaydigandek qilib ko‘rsatgan».
Mavzuga oid
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024