Misrda 30 jangari yo‘q qilindi
Misr xavfsizlik kuchlari qator reydlarni amalga oshirdi, uning doirasida Sinay yarim oroli shimolida 30 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Reuters harbiylarga asosan xabar bermoqda.
Harbiy amaliyotlar so‘nggi to‘rt kun davomida o‘tkazildi.
Ta'kidlanishicha, 30 nafar «juda xavfli» jangari yo‘q qilingan.
Bundan tashqari, yana besh nafari hibsga olindi, ularning qaysi guruhga a'zo ekanligi ochiqlanmagan.
14 iyul kuni Misrning Qizil dengiz bo‘yida joylashgan Xurgada kurortida hujum ro‘y berib, xorijlik sayyohlar o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025
Misrda 3600 yil avval hukmronlik qilgan sirli fir’avnning qabri topildi

00:41 / 14.03.2025