AQSh Senati Moskva, Tehron va Pyongyangga qarshi yagona sanksiyani qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin
AQSh Senatidagi Respublikachilar partiyasi vakillari Rossiya, Eron va KXDRga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqishmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatdi.
Manba so‘zlariga ko‘ra, iyun oyida Senat faqat Rossiya va Eron bilan munosabatlardagi sanksiyalarni ma'qullagandi. Uning qayd etishicha, respublikachi senatorlar KXDRga qarshi sanksiyalar qo‘shilishi qonunchilik jarayoninini sekinlashtirishidan xavfsirashmoqda.
Bundan avvalroq Senatning xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Bob Korker AQSh senatiga Rossiya, Eron va KXDRga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi avgust oyidagi ta'tillardan avval ovoz berish uchun qaytarilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Politico nashriga ko‘ra, «Rossiyaga qarshi sanksiyalar borasida ikki partiya o‘rtasida kelishuvga erishish uchun muhlat paydo bo‘lishi va loyiha shu oyning o‘zida prezident Tramp kabinetiga yetkazilishi» mumkin.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha loyiha demokratlar Trampning mazkur choralar bo‘yicha harakatlarini cheklashlariga xalal beradigan o‘zgarishlarga qarshi chiqayotgani sababli muallaq qolgandi.
Mavzuga oid
18:17 / 08.11.2024
AQSh ortidan Britaniya ham O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
22:23 / 30.10.2024
AQSh Rossiya «do‘stlariga» qarshi sanksiyalar kiritdi
20:56 / 14.10.2024
Yevropa Ittifoqi Moldova bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi
21:29 / 21.09.2024