O‘zbekistonning yana bir kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi
Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston kompaniyalari soni beshtaga yetdi.

Foto: DPA/TASS
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Trade Engine System kompaniyasini Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamiga kiritdi. Sanksiyalar ro‘yxati Yevropa Ittifoqining rasmiy saytida e’lon qilingan.
Trade Engine System 2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, elektron va telekommunikatsiya uskunalari va ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning direktori va ta’sischisi sifatida Nosirjon Akbarov ko‘rsatilgan.
Bu Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan O‘zbekistonning beshinchi korxonasidir. 2023 yildan beri sanksiyalar ro‘yxatida Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC, 2025 yil fevralidan Uzstanex LLC bor.
Yevropa Ittifoqining 17-sanksiya paketiga Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Xitoy, Turkiya, BAA, Serbiya va Vetnamdan 75 nafar jismoniy shaxs va yuridik shaxs kiritildi.
Ukraina ham O‘zbekiston kompaniyalarini o‘zining sanksiya ro‘yxatiga kiritgan. Ular: «Ohangaronsement», qurilish texnikasini ijaraga beruvchi Mercury Renaissance, yog‘och xamiri va sellyuloza ishlab chiqaruvchi Raw Materials Cellulose, shuningdek, Farg‘ona kimyo zavodi (Farg‘ona paxta sellyulozasi ishlab chiqarish korxonasi).
Mavzuga oid

22:50 / 21.05.2025
RFga qarshi sanksiyalarning 17-paketi: nishonda yana tankerlar

21:02 / 21.05.2025
Tramp ittifoqchilarga Rossiya g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini aytdi – OAV

17:09 / 21.05.2025
Putinning maslahatchisi SSSR huquqiy jihatdan hamon mavjud ekanini aytdi

17:02 / 21.05.2025